» » “Marsel” futbol klubi sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

“Marsel” futbol klubi sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi


“Marsel” klubining sobiq prezidenti Pape Diuf koronavirus tufayli 68 yoshida vafot etdi, deya xabar qilmoqda La Provence.

30-mart kuni Diuf og‘ir ahvolda Dakar (Senegal) shifoxonalarining biriga olib kelingan, u yerda unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq bu yordamlar samara bermagan va “Marsel” sobiq rahbari koronavirus oqibatida o‘lim topgan.

Senegallik funksioner 2005—2009-yillar mobaynida “Marsel” prezidenti bo‘lib faoliyati yuritgan. Bunga qadar Pape sport jurnalisti va futbol agenti bo‘lib ishlagan.

Ayni damda Senegalda koronavirus yuqtirib olganlar soni 175 nafardan oshdi. Diuf esa COVID-19 virusi tufayli vafot etgan mamlakatdagi ilk bemorga aylandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют