» » Toshkentda maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi reyd boshlandi

Toshkentda maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi reyd boshlandi


Toshkentda 1-apreldan boshlab maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi qo‘shma reyd boshlandi.

U poytaxt IIBB, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan olib boriladi.

Mavzuga doir: Toshkentda karantin sabab “uyda qolgan” mashinalar — suratlarda

Maxsus rusxatnomasiz avtomobil boshqarayotganlar aniqlansa, ular jarimaga tortiladi, mashinalari esa jarima maydonchasiga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yildi.  Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi.

Avtomashinasini tegishli tartibda olingan ruxsatnoma stikerisiz boshqargan haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют