» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 348 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 348 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 348 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha yana 5 ta holat qayd etildi: Chimkentda bir nafar va Turkiston viloyatida 4 nafar”, — deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 348 kishida koronavirus aniqlangan:

O‘tgan bir sutka ichida 21-mart kuni Nur-Sultonda shifoxonaga yotqizilgan 50 yoshli erkak vafot etgan. U qandli diabet, insulin yetishmovchiligi, arterial gipertenziyadan aziyat chekib kelgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, erkak bir oydan beri kasallik bilan og‘rib kelgan, biroq shifokorlarga murojaat qilmagan. Uning ishi shaxsiy safarlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Erkak bilan yaqin aloqada bo‘lgan 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan, shuningdek, yana 55 kishi uy karantiniga olingan. Marhumning ikki nafar oila a’zosida COVID-19 virusi aniqlangan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 173 nafarga yetgan. Mamlakatga koronavirus kirib kelganidan beri ikki kishi bu kasallik oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют