» » Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etish bo‘yicha uchinchi holat qayd etildi

Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etish bo‘yicha uchinchi holat qayd etildi


Qozog‘istonda koronavirus oqibatida vafot etish bo‘yicha uchinchi holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 363 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 2 kishi vafot etgan edi. 16-mart kunidan buyon mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. Nur-Sulton va Olmaotada 19-martdan boshlab karantin tartibi joriy etilgan. Keyinroq mamlakatning boshqa hududlarida ham cheklov choralari amalga kiritilgandi.

“Qarag‘anda viloyatida koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etish holati qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 21-mart kunidan beri Nur-Sultonda shifoxonaga yotgan 50 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston poytaxti aholisi daryo bo‘yiga uyi yo‘qlar uchun mahsulotlar to‘ldirilgan paketlar tashlab ketmoqda (foto)

Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 859 mingdan, vafot etganlar esa 42,3 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 173 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют