» » Tailandda 1-aprel kuni koronavirus haqida hazil qilganlar qamoqqa olinishi mumkin

Tailandda 1-aprel kuni koronavirus haqida hazil qilganlar qamoqqa olinishi mumkin


Tailand bosh prokuraturasi COVID-19 koronavirusi haqida 1-aprel hazillarini qilgan fuqarolar qamalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Ta’kidlanishicha, Tailandda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,6 ming kishiga yetgan, 10 kishi vafot etgan.

“1-aprel — Hazil kunida koronavirusga oid hazillarni internet, ijtimoiy tarmoqlar yoki OAV orqali tarqatgan shaxslar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi yoki 1,3 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Tailandda 26-martdan boshlab favqulodda holat rejimi joriy etilgan bo‘lib, mamlakatga kirish va chiqish butunlay to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 850 mingdan, vafot etganlar soni esa 42,3 ming kishidan oshgan. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 173 kishiga yetdi. Mamlakatda yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar endi jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют