» » Cosmopolitan o‘quvchilariga ozish uchun saratonni boshdan kechirishni tavsiya qildi

Cosmopolitan o‘quvchilariga ozish uchun saratonni boshdan kechirishni tavsiya qildi


Cosmopolitan ayollar jurnali redaksiya hech bir harakatsiz 20 kilogrammga ozgan qiz haqidagi materailga havola bergan tvit uchun tanqid qilindi. Bu haqda The Washington Times xabar bermoqda.

Nashr Twitter’dagi xabarida aslida qiz saratonni boshdan kechirganligi uchun vazn tashlaganligiga aniqlik kiritib o‘tirmaslikka qaror qildi. Tvitga, shuningdek, kulib turgan qizning surati ilova qilingan.

Havola berilgan materialda esa kasallikni yengib o‘tgandan so‘ng o‘z tanasi haqidagi qarashlarini o‘zgartirgan qahramon haqida hikoya qilinadi. Matn sarlavhasi ham tvitga qaraganda ancha jiddiy: “Sog‘lig‘im bilan bog‘liq jiddiy sinov o‘z tanamni yaxshi ko‘rib qolishimga yordam berdi”.

Twitter’ning ko‘plab foydalanuvchilari nashrni “Saraton — bu vazn tashlash usuli emas, bu Saraton” xeshtegi ostida tanqid qildi. Ba’zilar esa mazkur sarlavhali tvitni o‘chirishni talab qildi.

Hozirgi paytda noroziliklarga sabab bo‘lgan tvit o‘chirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют