» » Bvlgari koronavirusga qarshi dezinfeksiyalovchi gellar taqdim qildi

Bvlgari koronavirusga qarshi dezinfeksiyalovchi gellar taqdim qildi


Boshqa sohalar singari moda sanoati ham koronavirusga qarshi kurashishda faol ekani haqida avvalgi maqolalarimizda to‘xtalgan edik. Ushbu oliyjanob tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi mashhur brendlar soni kundan-kunga ko‘paymoqda. Ular tomonidan nafaqat tibbiyot xodimlari balki oddiy insonlar uchun ham chidamli niqoblar, antiseptiklar va maxsus liboslar ishlab chiqarilmoqda, deb yozadi Elle.

Mavzuga doir:

LVМН tarkibiga kiruvchi Rimning jahonga mashhur Bvlgari zargarlik uyi ham bu borada o‘z hissasini qo‘shmay qolmadi. Bir oy avval Spallanzani shifoxonasiga katta miqdorda mablag‘ ajratgan kompaniya, endilikda o‘zining parfyum ishlab chiqarishdagi ancha vaqtlik hamkori bo‘lgan ICR (Industrie Cosmetiche Riunite, Lodi) bilan birgalikda qo‘lni dezinfeksiyalovchi gellarni ishlab chiqarishga qaror qilgan. Ta’kidlanishicha, bir necha yuz ming nusxada ishlab chiqariladigan antiseptik vosita, Italiyaning fuqarolik himoyasi departamenti orqali mamlakatdagi barcha tibbiyot muassasalariga topshiriladi.

Mavzuga doir: Antiseptik xususiyatga ega 5 ta tabiiy mahsulot

Brend bosh direktori Jan Kristof Babenning so‘zlariga qaraganda, Bvlgari hamisha hunarmandlarning “aqlli qo‘llari” ijod va sifat umumlashmasi ijobiy natija berishiga ishongan. Laboratoriyalarda dezinfeksiyalovchi gellarni tayyorlash jarayonida esa, ushbu qo‘llar ?oldingidan ham ko‘proq jasorat ko‘rsatmoqda. Ular millionlab insonlar hayotini saqlab qolish uchun tinimsiz kurashayotgan shifokorlar, hamshira va ko‘ngillilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют