» » IIV karantin vaqtida sodir etilgan qoidabuzarliklar statistikasini e’lon qildi

IIV karantin vaqtida sodir etilgan qoidabuzarliklar statistikasini e’lon qildi


Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan 1-aprel soat 09:00 holatiga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 17 668 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi. Bular:

Ta’kidlanishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 29—31-mart kunlari Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 27 107 ta transport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilib, 1 912 ta holatda haydovchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan.

Ulardan 766 tasi karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lib, qoidabuzarlarga tegishli 545 ta avtotransport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Toshkentda maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi reyd boshlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют