» » Koronavirusga chalingan Rushtu Rechberning sog‘ligi keskin yomonlashdi

Koronavirusga chalingan Rushtu Rechberning sog‘ligi keskin yomonlashdi


Koronavirus yuqtirib olgan turkiyalik afsonaviy darvozabon Rushtu Rechberning holati yomonlashdi. Bu haqda Turkiya OAVga tayanib Marca xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 30-mart kuni “Barselona” sobiq darvozabonining ahvoli keskin yomonlashgan. Ayni damda 46 yoshli Rechberning sog‘lig‘i xavf ostida turibdi.

Rushtu 28-mart kuni koronavirus tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

Rushtu Rechber Turkiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (120) futbolchi hisoblanadi. Klub miqyosida darvozabon “Beshiktosh”, “Fenerbaxche”, “Barselona” va “Antalyaspor”da faoliyat yuritgan. Rechber Janubiy Koreya va Yaponiya o‘tgan JCh—2002 musobaqasi orqali ko‘pchilikka yaxshi tanish.

1-aprel holatiga Turkiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 13,5 ming nafardan oshdi. 2014 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют