» » BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi kurashish uchun jahon YaIMining 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi

BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi kurashish uchun jahon YaIMining 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirusga qarshi kurashish va uning iqtisodiy oqibatlarining oldini olishda rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish uchun jahon YaIMining 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Bizga jahon YaIMining kamida 10 foizini tashkil etuvchi umumiy, muvofiqlashgan javob kerak. Rivojlangan mamlakatlar buni qila oladi va ayrimlar uni amalga oshirishni boshladi”, — degan u.

Namuna sifatida AQSh kongressining Amerika iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil etuvchi 2 trillion dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rsatdi.

“Global miqyosda ham xuddi shunday qilish kerak deb hisoblayman. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarning tahdidlarga munosib tarzda javob qaytarishga imkon beruvchi pul chop etishimizni bildiradi”, — deb aytgan va buning uchun global iqtisodiy yechimlar kerakligini, odatdagidek harakat qilish ish bermasligini ta’kidlagan.

Avvalroq JSST koronavirus pandemiyasining tarqalishi tezlashganini ma’lum qilgan edi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa 2020-yilda jahon iqtisodiyotini 2008-yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutayotganini aytgandi.

Mavzuga doir: BMT koronavirusga qarshi kurashda kambag‘al davlatlarga yordam rejasi ishga tushirilganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют