» » “Real” futbolchilarining maoshi uzog‘i bilan 10 foizga kamayadi. “Barselona” 70 foizga qisqartirgandi

“Real” futbolchilarining maoshi uzog‘i bilan 10 foizga kamayadi. “Barselona” 70 foizga qisqartirgandi


Madridning “Real” klubi koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz vaqtida o‘yinchilarining maoshini qisqartirish borasida ish olib bormoqda.

Marca’ning xabar qilishicha, madridliklar klubi futbolchi va basketbolchilarning maoshini keskin qisqartirmaydi. Maoshlar uzog‘i bilan 10 foizga kamayishi mumkin.

“Real” rahbariyati mavjud vaziyatni tahlil qilib chiqadi va shunga muvofiq qaror qabul qiladi.

Avvalroq “Real” dastlab maoshlarni kamaytirishni xohlamagani biroq, La Liga va Chempionlar Ligasining joriy mavsumi yakunlanmay qolishi ehtimoli tufayli yuzaga keladigan zararni qoplash maqsadida bu masalani muhokama qilishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bosh jamoa futbolchilarining maoshini 70 foizga qisqartirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют