» » Farg‘onada karantin qoidasini buzib, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayol 5 sutkaga qamaldi

Farg‘onada karantin qoidasini buzib, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayol 5 sutkaga qamaldi


Farg‘ona shahrida karantin qoidalarini buzgan va ichki ishlar idoralari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayolga nisbatan besh sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi X.M. 29-mart kuni shahardagi dehqon bozorida karantin qoidalariga rioya qilmasdan, jamoat joyida niqob taqmagan. Shuningdek, ayol bozorda baqir-chaqir qilib, to‘plangan odamlarni o‘ziga jalb qilgan hamda o‘z vazifasini bajarib, kartoshka sotilayotgan joyda fuqarolarga tushuntirish berayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat burchlarini bajarishga qarshilik qilgan.

Ayol fuqarolarni ichki ishlar xodimlarining talablarini bajarmaslikka da’vat qilib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlar 30-mart kuni Farg‘ona shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. X.M. ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir: Qo‘qonda koronavirusga chalinganlar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi karantin vaqtida sodir etilgan qoidabuzarliklar statistikasini e’lon qilgan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzgan 289 kishi 100 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Toshkent shahrida esa maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi reyd boshlangan.

Mavzuga doir: “Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas”. Buxorolik fuqaro karantin qoidalarini buzdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют