» » Afg‘onistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat 9 oy davom etishi mumkinligi ma’lum qilindi

Afg‘onistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat 9 oy davom etishi mumkinligi ma’lum qilindi


Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat eng yomon holatda joriy yilning dekabrigacha davom etishi mumkin. Bu haqda Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Ferozuddin Feroz ma’lum qildi, deb yozmoqda “Afganistan.ru”.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni baholab, Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari mamlakatdagi epidemiologik vaziyat qo‘shni davlatlardagi kabi yomon emasligini, ammo kasallik tarqalishiga qarshi kurash choralarini davom ettirish zarurligini tan oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 170 kishiga yetgan, ulardan to‘rt nafari vafot etgan, besh nafar bemor kasallikdan tuzalgan.

Kasallanish bilan bog‘liq 75 foizdan ortiq holat G‘arbiy Hirot viloyatida qayd etilgan. Mazkur hudud orqali fevral va mart oylarida Erondan epidemiyadan qochgan 30 mingdan oshiq afg‘on qochqini qaytgan.

Qayd etilishicha, Eronda kasallanganlar soni 40 ming kishiga, koronavirusdan vafot etganlar soni esa 2757 kishiga yetgan. 29-mart kuni Tehrondagi Afg‘oniston elchixonasi norasmiy manbalarga tayanib, mamlakatda 50 ga yaqin afg‘on fuqarosining o‘limi haqida xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, koronavirusga qarshi Hirot va Kobulda keskin choralar ko‘rilmoqda. Shaharlarga olib boruvchi katta yo‘llar yopilgan, shahar ichkarisida harakatlanish cheklangan, masjidlar, umumiy ovqatlanish joylari va boshqa jamoat joylari yopilmoqda.

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari poliomielitga qarshi kurashda ishtirok etgan 30 ming kishi koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati fevral oyining oxirida qayd etilgan edi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘ani koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют