» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 mln so‘mdan berildi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 mln so‘mdan berildi


O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolash ishlarida qatnashgan shifokorlarning birinchi guruhining 14 kunlik ishi uchun 25 million so‘mdan to‘landi. Bu haqda Xalqaro press-klubning koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy yordam markazi direktori Doniyor Alimov ma’lum qildi.

“Birinchi bosqichda 14 kun ishlagan tibbiyot xodimlariga javob berildi va va’da qilinganidek shifokorlarga 25 million so‘mdan, hamshiralarga esa 15 million so‘mdan to‘landi. Boshqa xodimlar ham belgilangan pullarini olishdi”, — deydi Doniyor Alimov.

Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning bir guruhi o‘rin almashdi. Shifoxonani tark etganlar 14 kunga izolyatsiya qilinadi

Shuningdek, ayni shu kunlarda 4 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari ishlash istagini bildirgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarning ko‘ngilli sifatida ishtirok etish tartibi ma’lum qilindi

Doniyor Alimovning bildirishicha, koronavirusga qarshi kurash tadbirlari doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 1-aprelga qadar 30 milliard so‘mga yaqin mablag‘ kelib tushdi. Prezident Administratsiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, IIV, Prokuratura, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi va Xalqaro press-klub tomonidan ushbu fondga pul mablag‘lari o‘tkazildi. Bundan tashqari, 2 161 nafar fuqaro tomonidan ham fondga 3 milliard so‘m kelib tushgan.

Mavzuga doir: Alisher Usmonov “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 mln dollar ajratdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют