» » London klublari “Barselona” himoyachisi uchun kurashadi

London klublari “Barselona” himoyachisi uchun kurashadi


“Barselona” klubi yozgi transfer oynasida himoyachi Samyuel Umtitini sotib yuborishga tayyor, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.

Fransiyalik futbolchi xizmatlariga Londonning ikki klubi — “Chelsi” va “Arsenal”dan qiziqish bor. Umtiti uzoq vaqtdan buyon “kanonirlar” nishonida bo‘lib keladi. Futbolchining o‘zi esa “Chelsi” safiga o‘tishga qarshi emas.

Umuman olganda, 26 yoshli markaziy himoyachi “Barselona”da qolishni maqsad qilgan, biroq Chempionlar Ligasida harakat qiladigan boshqa klubdan taklif tushsa, o‘ylab ko‘rishga tayyor. Shu sabab Umtitiga “Arsenal” va “Manchester Yunayted”dan ko‘ra “Chelsi” varianti ma’qul kelmoqda.

Mavzuga doir: “Barselona” yozda 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

“Barselona” futbolchini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborish niyatida emas. Joriy mavsum Umtiti “Barselona” safida 16 o‘yin o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют