» » Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov Turkiyada xizmat safarida bo‘lib qaytgani sababli karantinga olingan

Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov Turkiyada xizmat safarida bo‘lib qaytgani sababli karantinga olingan


Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov Turkiyada xizmat safarida bo‘lib qaytgani sababli karantinga olingan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar tomonidan tuman hokimi karantin e’lon qilinmasidan oldin Turkiyaga ketgani va ayni paytda uning qayerda ekanligi haqidagi savollar kelib tushgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martda qabul qilingan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiyada bo‘lishi kerakligi haqidagi qaroriga asosan, tuman hokimi ayni paytda karantin muddatini o‘tamoqda.

Tuman hokimligi tomonidan ta’kidlanishicha, Dilshod Musinovning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng yaqin kunlarda ish faoliyatini boshlaydi.

Mavzuga doir: Bosh davlat sanitariya inspektori: “Xorijdan kelganiga bir oy bo‘lgan fuqaro karantinga majburiy tartibda joylashtirilmaydi”

Avvalroq Latviya va Erondan qaytarilgan fuqarolar Namanganda karantin muddatini o‘tab, o‘z uylariga qaytgani haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 173 nafarga yetdi, 8 kishi mazkur kasallikdan tuzaldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют