» » Bosh davlat sanitariya inspektori O‘zbekistonda aholi yoppasiga koronavirusga test qilinmasligini aytdi

Bosh davlat sanitariya inspektori O‘zbekistonda aholi yoppasiga koronavirusga test qilinmasligini aytdi


Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda O‘zbekistonda koronavirus uchun ommaviy test qilish tadbirlari o‘tkazilmasligini bildiridi. Shuningdek, u epidemik noxush hududlardan kelgan va COVID-19 ni yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslardan laborator tahlillar olinayotganini aytib o‘tdi.

“Koronavirus uchun ommaviy test olish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Bu imkonsiz va maqsadga muvofiq ham emas. Har bir test tizimi o‘tkazilganidan keyingina o‘zini oqlashi kerak, u iqtisodiy jihatdan ham befoyda bo‘lmasligi zarur”, — deya ta’kidlagan Nurbek Otabekov.

Otabekovga ko‘ra, O‘zbekistonda epidemik noxush hududlardan kelgan va virus yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslardan laborator tahlillar olinmoqda.

Bosh davlat sanitariya inspektori koronavirus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqanidan so‘ng nimalarga e’tibor berishi lozimligi to‘g‘risida ham ma’lumot berdi.

“Hozircha 8 nafar bemor tuzalgan, ular kasallikdan xalos bo‘lgandan so‘ng reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Ma’lum muddat reabilitatsiya markazlarida saqlangandan so‘ng bemorlarning uylariga ketishiga ruxsat berildi.

Kasallikdan tuzalgan shaxslar ham uyda gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ortiqcha odamlar yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligi, tibbiy xodimlar kuzatuvida bo‘lishi shart”, — deydi Nurmat Otabekov.

Brifingda kasallikdan tuzalganlarda aksar holatlarda pnevmoniya kuzatilishi tufayli ularga o‘pka faoliyatini tiklash uchun qo‘shimcha tavsiyalar ham berilishi haqida ham gapirildi.

Mavzuga doir: 

Avvalgi brifinglarda Otabekov xorijdan kelganiga bir oy bo‘lgan fuqaro karantinga majburiy tartibda joylashtirilmasligini bildirgan. 31-mart holatiga ko‘ra, koronavirusni aniqlash bo‘yicha nechta test o‘tkazilgani, shuningdek,  koronavirusga chalinganlarning qaysi hududlarda davolanayotgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют