» » O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollar so‘radi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollar so‘radi


O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash hamda budjetni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Osiyo taraqqiyot bankidan 1 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratishni so‘radi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ma’lum qilindi.

Vazirlik tomonidan xabar berilishicha, 1-aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov videokonferensiya formatida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava bilan muloqot qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda koronavirus tarqalishidan aholini himoyalash va global pandemiyaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mazkur masalalarda OTBning O‘zbekistonga ko‘rsata oladigan yordami mexanizmlari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, suhbat davomida OTB prezidenti ushbu o‘ta og‘ir paytda O‘zbekistonni koronavirusga qarshi kurashga mablag‘ jalb qilish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta’minlash orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Masatsugu Asakava OTB O‘zbekistonning virus tarqalishi bilan bog‘liq tibbiy ehtiyojlari uchun 200 ming dollarga teng miqdorda grant ajratilishini ma’qullagan.

Qayd etilishicha, OTB tomonidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda bank rahbariyati tomonidan pandemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini rag‘batlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratish masalasi ko‘rib chiqiladi.

OTBning O‘zbekistonga 1 milliard dollargacha budjet mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish masalasi alohida muhokama qilindi. OTB rahbari ushbu masalani hal qilish uchun bankda alohida guruh tuzgani va ushbu masalani ma’qullash va moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish jarayonlarini tezlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unga 10 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida ham imtiyozlar beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют