» » O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtincha to‘xtatiladi


Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari davomida koronavirusning tarqalish xavfi juda yuqori hisoblanadi. Shu sababli komissiya qaroriga muvofiq, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari 2020-yilning 1-aprelidan e’tiboran vaqtincha to‘xtatiladi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, xayriya tadbirlari quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:

Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida bo‘lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda saxovatpesha insonlar va ko‘ngilli (volontyor)lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi.

Ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi.

Shu bilan birga, pul ko‘rinishidagi mablag‘larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 million dollar ajratdi. Bunga qadar DXX, Bosh prokuratura va MIB, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z maoshlarining bir qismini mazkur jamg‘armaga o‘tkazib bergan edi. “Quvasoysement” korxonasi esa jamg‘armaga 100 million so‘m ajratgan.

Shuningdek, komissiyaning mazkur qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda “o‘zini yakkalash” hayot tarzi joriy etildi. Unga ko‘ra, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollar so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют