» » O‘zbekiston TIV Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishladi

O‘zbekiston TIV Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishladi


O‘zbekiston Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishladi. Bu haqda TIV bayonot berdi. Vazirlik buni ichki siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidagi muhim qadam deb qabul qildi.

“Ayni bosqichda o‘t ochishni va zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan, ‘Tolibon’ harakati ishtirokida umummilliy afg‘onlararo muloqotga o‘tish o‘ta muhimdir.

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini yana bir bor bayon qiladi”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani asirga olingan “Tolibon” radikal harakati a’zolarini afv etish va ozod etish haqidagi farmonni imzolagan edi. 29-fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda “Tolibon” harakati yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. “Tolibon” harakati O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgandi.

Mavzuga doir: “Tolibon” harakati koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Afg‘onistonda targ‘ibot ishlarini olib bormoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют