» » Tojikistonda 4-apreldan futbol mavsumi boshlanadi

Tojikistonda 4-apreldan futbol mavsumi boshlanadi


Futbol bo‘yicha Tojikiston chempionatining 2020-yilgi mavsumi 5-aprel, yakshanba kuni boshlanadi.

Tojikiston futbol federatsiyasi chempionat birinchi davra taqvimini e’lon qildi. O‘nta klub ishtirokidagi musobaqa uch davraga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.

4-aprel kuni mamlakat Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda “Istiqlol” va “Xo‘jand” jamoalari o‘zaro bahs yuritadi.

Qayd etilishicha, oliy divizion klublari joriy mavsum 42 nafar legionerni ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Liga Kubogida Tojikiston va Qirg‘iziston klublari ham ishtirok etadi

Tojikistonda koronavirus yuqtirib olish holati hozircha qayd etilmagan. Pandemiya tufayli butun dunyodagi deyarli barcha musobaqalar, xususan, O‘zbekiston Superligasi ham to‘xtatib qo‘yilgan. Yevropada faqatgina Belarus chempionati davom etmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют