» » Abdulaziz Komilov Stokgolmdagi terakt ijrochisi Rahmat Oqilov bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Abdulaziz Komilov Stokgolmdagi terakt ijrochisi Rahmat Oqilov bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi


O‘zbekiston tashqi siyosatining zamonaviy bosqichi va uning dolzarb masalalari mavzusida 14-aprel, juma kuni Xalqaro press-klubning ilk yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi.

Klubning jamoatchilik kengashi, mahalliy va xorijiy jurnalistlar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokidagi uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Shu tufayli ishtirokchilar mamlakat tashqi siyosatiga doir savollar bilan spikerlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Jumladan, jurnalistlar, O‘zbekistonning chet davlatlardagi konsullik va elchixonalari, tegishli tashkilotlari faoliyatidagi kamchiliklar, mamlakat tashqi imijini yaratishdagi asosiy omillar, AQShning Suriya bazasiga uyushtirgan zarbalariga nisbatan O‘zbekiston pozitsiyasi bilan qiziqdi. Shuningdek, zamonaviy bosqichdagi tashqi siyosatdan kutilayotgan yangiliklar qatorida 7-aprel kuni Stokgolmda sodir etilgan teraktda gumonlanib, qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov bo‘yicha rasmiy ma’lumot so‘raldi.

Berilgan savollarga javob berar ekan, Abdulaziz Komilov birinchi galda O‘zbekiston tarafi AQShning Suriya bazasiga bergan zarbalari xususidagi savollarga hech bir izoh bermasligi, chunki O‘zbekiston bu jarayonning ishtirokchisi sanalmasligi, tinchlik tarafdori ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Stokgolm shahridagi terakt bo‘yicha berilgan savolga javob berar ekan, Abdulaziz Komilov Samarqand huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyatchi Oqilovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgani va Yevropadagi sherik davlatlardan birining maxsus xizmatiga Shvetsiyani xabardor qilish uchun axborot yuborilgani haqidagi rasmiy ma’lumotni qo‘shimcha qildi.

Ta’kidlash kerakki, OAVlar tomonidan ko‘p bora tilga olingan masala, ya’ni chet ellik jurnalistlarning yurtimizda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi bo‘yicha hozirda Tashqi ishlar vazirligida kerakli ishlar olib borilayotgani, tez orada bu bo‘yicha qo‘shimcha yangiliklar kiritilishi ma’lum qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют