» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana 10 ga yaqin bemor butunlay sog‘ayishi kutilmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana 10 ga yaqin bemor butunlay sog‘ayishi kutilmoqda


O‘zbekistonda koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yana o‘nga yaqini to‘liq tuzalib, ularga javob berilishi kutilmoqda. Bu haqda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan uyushtirilgan videomurojaatda ma’lum qilgan.

Unda shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi qanday kurash olib borayotgani, infeksiyaga chalingan bemorlarga qanday davolash muolajalari ko‘rsatilayotgani, ayni paytda bemorlarning ahvoli qandayligi va yaqin kunlarda ularning qanchasi butunlay sog‘ayib ketishi kutilayotgani bayon etilgan.

“Bugun biz bemorlarning har birini ilmiy, tibbiy va amaliy tomonlama yana bir bor tekshirib chiqdik. Avvalroq 8 kishi ketgandi, bugun yana 4 kishiga javob berildi. Shu kunlarda yana 10—11 kishini kuzatishni rejalashtiryapmiz. Chunki ularda klinik belgilar yo‘q, desa ham bo‘ladi. Ular yana tekshiriladi va kasallik chiqmasa, ular ketishi mumkin”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 181 kishiga yetdi. Jami 12 kishi kasallikdan tuzaldi, 2 kishi vafot etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют