» » O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi (foto)

O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qo‘shni Qirg‘izistonga koronavirusni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordami” shiori ostida tashkil etilgan insonparvarlik yordami O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga oshirildi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi temiryo‘l stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poyezd qo‘shni respublikaga jo‘natildi.

Insonparvarlik yordami ortilgan maxsus eshelon Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘l oldi.

Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari telefon orqali koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni muhokama qilgan edi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ishlarning samarali tashkil etilmagani sababli 1-aprel kuni Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga va Eronga gumanitar yordam jo‘natdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 131) ( 0) ( 130) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют