» » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi barcha transport vositalarining harakati cheklanmagani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi barcha transport vositalarining harakati cheklanmagani ma’lum qilindi


Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi barcha turdagi transport vositalariga maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ga Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-sonli qarorida Toshkent shahriga kirish va chiqishda yuk transport vositalariga cheklovlar yo‘qligi belgilangan. Shuningdek, respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 30-mart kuni soat 06:00 dan 20-aprel kuni soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga ko‘ra, 22 ta holatda transport vositalariga maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz harakatlanishga ruxsat etilgan. Ya’ni mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari respublika hududida maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz harakatlanishi mumkin.

IIV YHXBB qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi barcha turdagi transport vositalari haydovchilariga murojaat qilib, respublika hududida harakatlanish davomida karantin postlarida muammo yoki cheklovlar bo‘lgan taqdirda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishni so‘ragan:

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB:

(71) 267-63-15

Toshkent shahar IIBB YHXB: (71) 255-10-47

Toshkent viloyati IIBB YHXB: (71) 265-08-51

Andijon viloyati IIB YHXB: (74) 226-99-33

Farg‘ona viloyati IIB YHXB: (73) 241-57-29

Namangan viloyati IIB YHXB: (69) 234-06-06

Sirdaryo viloyati IIB YHXB: (67) 227-32-93

Jizzax viloyati IIB YHXB: (72) 223-95-52

Samarqand viloyati IIB YHXB: (66) 221-81-81

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB: (75) 225-02-05

Surxondaryo viloyati IIB YHXB: (76) 221-27-51

Navoiy viloyati IIB YHXB: (78) 770-28-08

Buxoro viloyati IIB YHXB: (65) 221-86-05

Xorazm viloyati IIB YHXB: (62) 225-60-05

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB:

(61) 225-14-37



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют