» » Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi

Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi


Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashib bormoqda, deya ta’kidlagan Vladimir Putin. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Mamlakatdagi vaziyat murakkablashmoqda, butun dunyoda koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat hukmronlik qilmoqda”, — deya qayd etgan Putin hukumat vakillari bilan videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan majlisda.

Vladimir Putin dunyoda COVID-19 yuqtirib olganlarning umumiy soni 850 ming nafardan oshgani (Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, 885 ming nafar), Rossiyada 2777 nafar odam koronavirus bilan kasallanganini eslatib o‘tgan.

Mavzuga doir:

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova Yevropada, xususan, Rossiyada COVID-19 tarqalishining sur’atlari o‘sib borayotganini bildirdi.

“Yangi koronavirus infeksiyasi borligi haqida tashxis qo‘yilgan fuqarolar soni oxirgi bir sutka davomida 18,8 foizga o‘sgan”, — deya hisobot bergan Golikova.

1-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 yuqtirib olish bilan bog‘liq 440 ta yangi holat kuzatilgan, eng ko‘p kasallangan kishilar Moskvada (1880), shuningdek, Komi (54) , Buryatiya (25), Sankt-Peterburg (125) va Moskva viloyatida (134) ham ko‘rsatkich yuqori. Golikovaning aytishicha, kasallanish sonining o‘sishi infeksiyani test qilish takomillashgani bilan ham bog‘liq.

Golikovaga ko‘ra, kasallanganlar orasida “infeksiya tashuvchilari, ya’ni infeksiyani odamlar bilan muloqot qilib yuqtirgan shaxslar” ham uchrab turibdi.

“Menga taqdim qilingan hisobotlardan kelib chiqib, doimiy ravishda xorijda yashaydigan va tarixiy vataniga qaytgan fuqarolarning ko‘pligini angladim. Ularga o‘zlari yashab turgan davlatda tibbiyot xizmatlaridan foydalanish qiyinchilik tug‘dirgan”, — deya vaziyatga baho bergan Putin.

Mavzuga doir: 

Golikova COVID-19 vaksinasining prototiplari ishlab chiqilganini bildirdi va vaksina seriyalarining 10-mayda dori shaklida sinovdan o‘tkazilishi haqida hisobot berdi. Majlisda Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tekshiruvgacha bo‘lgan testi 22-iyungacha o‘tkazilishi, klinik tadqiqotlarning birinchi bosqichi esa 29-iyunda boshlanishi ham ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют