» » Farg‘onada 372 ta shaxsiy avtomobil maxsus ruxsatnomaga ega bo‘ldi

Farg‘onada 372 ta shaxsiy avtomobil maxsus ruxsatnomaga ega bo‘ldi


Farg‘ona Davlat xizmatlari markazi 372 ta shaxsiy avtomobilga maxsus ruxsatnoma berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Markazga 2020-yil 1-aprel soat 18:00 ga qadar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan shaxsiy avtomobilda harakatlanish ruxsatnomasini olish uchun 10 mingta ariza kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan arizalarning 581 tasi rad etilgan. Qolgan arizalar belgilangan tartibda o‘rganib chiqilmoqda.

DXA mutaxassisining qayd etishicha, 30 dan ortiq ariza qimmatbaho markadagi avtomashina egalari tomonidan taqdim etilgani va yetarli asosga ega emasligi uchun rad etilgan. Shuningdek, stiker olish toifalariga mos kelmaganlar tomonidan arizalar yuborilishi, belgilangan hujjatlarni to‘liq taqdim etmaslik holatlari ham rad javobi berilishiga asos bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilangandi.

Shundan so‘ng DXA direktori BMW X7 va Mercedes’lariga ruxsat olishga ariza berayotgan “uddaburon”larga murojaat bilan chiqdi. Va mashina haydash uchun maxsus ruxsatnomaga asossiz ega bo‘lmoqchi bo‘lgan “qahramonlar” jamoatchilikka oshkor etilishi ta’kidlandi.

Maxsus ruxsatnoma yoki tegishli vakolatga ega bo‘lmay, cheklov o‘rnatilgan hududida mashina boshqarib ketayotgan haydovchilarga nisbatan maxsus reydlar boshlandi.

Ta’kidlash joiz, avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi ushbu maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirish, uni sotish, qalbaki ekanligini bila turib undan foydalanish Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) ga asosan javobgarlikka  asos bo‘ladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют