» » Qozog‘iston Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishini qoraladi

Qozog‘iston Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishini qoraladi


Qozog‘iston delegatsiyasi BMT Xavfsizlik kengashida Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishini qoraladi va buning uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda. 

Shu bilan birga, Ostona Xavfsizlik kengashidagi ovoz berish chog‘ida betaraf qolishni lozim topdi. 

Bu holat ikki sababga ko‘ra yuz berdi. Birinchidan, Qozog‘iston tomoni Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanganligi ehtimolini BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti shafeligida, barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida obyektiv va batafsil tekshirilishini yoqlaydi. Ikkinchidan, Suriyadagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha Jeneva muzokaralarining ajralmas qismi bo‘lgan Ostona jarayoni Qozog‘istondan xolislikni talab etadi.

Qozog‘iston TIV bayonoti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют