» » O‘zbekiston Afg‘onistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi


1-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘mak berish maqsadida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi, deb xabar beradi O‘zA.

Mamlakat rahbari nomidan afg‘on xalqiga O‘zbekistonning do‘stona yordami sifatida yo‘lga tushgan poyezdga koronavirusga qarshi kurashda birinchi navbatda zarur bo‘ladigan mahsulotlar yuklangan.  Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlashga yordam beradigan teplovizor, pirometrlar, un, yog‘, guruch, xo‘jalik sovuni, shuningdek, afg‘on bolalari uchun kiyim-kechak mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki “Angren—Toshkent—Termiz—Mozori-Sharif” yo‘nalishi bo‘ylab jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, shu paytgacha koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan bir qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Eron va Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami jo‘natilgan edi. O‘z navbatida Birlashgan Arab Amirliklari ham mart oyining oxirlarida O‘zbekistonga gumanitar yordam yuborgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют