» » Stiker olmoqchi bo‘lgan “inomarka”lar ochiqlanishi aytilgandan so‘ng 9 mingga yaqin ariza qaytarib olindi

Stiker olmoqchi bo‘lgan “inomarka”lar ochiqlanishi aytilgandan so‘ng 9 mingga yaqin ariza qaytarib olindi


Davlat xizmatlari agentligi direktori Halilullo To‘raxo‘jayev qing‘ir yo‘llar bilan maxsus ruxsatnoma olishga urinayotgan “uddaburon” shaxslarga murojaat bilan chiqqan edi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, bu murojaat ortidan 9 mingga yaqin fuqaro stiker uchun arizasini qaytarib olgan.

“Kecha ijtimoiy tarmoqlarda agentlik rahbarining hissiyotli murojaatini tarqatdik. Shu murojaatimiz ham ta’sir qildi. Bugunning o‘zida 8900 ta ariza ariza egalari tomonidan qaytarib olindi”, – deydi Davletov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, maxsus ruxsatnoma uchun kuniga 20-30 mingga yaqin ariza kelib tushmoqda.

“Davlat xizmatlari markazlarida 14 ta hudud va Toshkent shahrining 11 ta tumanlarida shu xizmatlar ko‘rsatilyapti. 24 soat ishlash tizimiga o‘tdik. Bizga kelib tushayotgan arizalar soni kuniga kamida 20-30 ming bo‘lyapti. Bugungi kunga kelib 102 mingta ariza kelib tushdi”, – deydi vazir.

Uning aytishicha, elektron tizim takomillashtirilgani natijasida 1,5 mingta ariza avtomatik tarzda rad etilgan.

“Elektron tizim shu darajada takomillashtirildiki, u tadbirkorlik subyektining kodlari to‘g‘ri kelmasa, avtomatik ravishda bekor qiladi. Bu degani bir kunda 20 ta xodim qiladigan ishni tizimning o‘zi 5 daqiqada bajaryapti. Kiritilgan arizalarning 1500 tasi tizim yordamida avtomatik ravishda rad qilingan”, – dedi Davletov.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yildi.  Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi. Avtomashinasini tegishli tartibda olingan ruxsatnoma stikerisiz boshqargan haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют