» » Shavkat Mirziyoyev: Loaqal ikkita odamni ish bilan ta’minlagan tadbirkorni boshimizda ko‘tarishga tayyormiz

Shavkat Mirziyoyev: Loaqal ikkita odamni ish bilan ta’minlagan tadbirkorni boshimizda ko‘tarishga tayyormiz


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat rahbari Jomboy tumanidagi “G‘alla Osiyo non” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, viloyatda yaqin vaqtlar ichida amalga oshiriladigan yirik loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Dastlab Prezidentga “Sharq sanoat” konserni tarkibida tashkil etilgan intensiv ko‘chat yetishtirish loyihasi haqida ma’lumot berildi. Polshalik mutaxassislar yangi texnologiyaning ahamiyati, afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

Samarqandda kartoshka yetishtirish bo‘yicha yangi markaz tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Markazning hududlararo filiallari tashkil qilinadi. Viloyatlarda mazkur yo‘nalishda laboratoriyalar ochish kerakligi qayd etildi.

Bulung‘ur tumanida tashkil etilayotgan “Tohir” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihasi bilan tanishildi. Dunyo bozorida mamlakatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori. Yangi tashkil etilayotgan jamiyat mutaxassislari bu borada talab va takliflarni atroflicha o‘rganib, loyihani joriy yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.

O‘n bir gektar maydonda barpo etiladigan korxona yiliga 12 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega.

Davlat rahbariga taqdim qilingan keyingi uchta loyiha ham shu yo‘nalishda. Bular Bulung‘ur tumanidagi “Samarqand garden plast” va Jomboy tumanidagi “Grin agro eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hamda “Maroqand meva-sabzavot” fermer xo‘jaligi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash markazini tashkil etish loyihalaridir.

Shavkat Mirziyoyev loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Prezident Oqdaryo tumanidagi “Yunusjon ahli” oilaviy korxonasi tomonidan soya oqsili izolyati ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Yiliga 26 tonna soya donini qayta ishlash quvvatiga ega korxona Xitoyning yetakchi kompaniyalarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlanadi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshiriladigan korxonada soya yog‘i, uni, oqsil izolyati ishlab chiqariladi. Korxonada 80 kishining bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Biz uchun har bitta ish o‘rni muhim. Loaqal ikkita odamni ish bilan ta’minlagan tadbirkorni boshimizda ko‘tarishga tayyormiz. Chunki insonning ish bilan ta’minlanishi uning oilasi farovon bo‘lishiga, ertasiga, davlatga ishonchi oshishiga asos bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют