» » “YeOIIga a’zo bo‘lish natijasida mamlakatimiz sanoati 2 mlrd dollar yo‘qotadi” — “Adolat” partiyasi

“YeOIIga a’zo bo‘lish natijasida mamlakatimiz sanoati 2 mlrd dollar yo‘qotadi” — “Adolat” partiyasi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi videokonferensiya tarzida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Onlayn tarzdagi yig‘ilishda deputatlar, bosh vaziri maslahatchisi, Investitsiya va tashqi savdo hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari ma’sul vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlisga murojaatnomada O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishda, eng avvalo, xalq manfaatlaridan kelib chiqib, ularning xohish-irodasiga tayanish lozimligiga alohida urg‘u berilgandi.

Ta’kidlanganidek, “Adolat” SDP fraksiyasi tomonidan maxsus ishchi guruhi tuzildi. Ular quyidagi yo‘nalishlarda tahlillar olib bormoqda:

Yig‘ilishda “Adolat” SDP fraksiyasi maxsus ishchi guruhining dastlabki xulosalari tinglandi. Deputatlar YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiga nima berishiga e’tibor qaratdi:

Deputatlar a’zolik quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashdi:

Fraksiya yig‘ilishida deputatlar YeOIIga O‘zbekistonni a’zo bo‘lib kirishi natijasida vujudga keluvchi oqibatlarning dastlabki sarhisobiga tayangan holda hozircha faqat kuzatuvchi davlat sifatida kirishini maqulladi. Shuningdek, parlamentning ishchi guruhi doirasida keng qamrovli tahlillar olib borish orqali ma’sul mutaxassislar bilan muhokamalar o‘tkazish, ularni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etishga kelishib olindi.

Mavzuga doir:

Avvalroq O‘zbekiston parlamenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishgani haqida xabar berilgan edi. Mart oyining boshlarida esa O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi-davlat maqomida qo‘shilishi ma’lum bo‘lgandi. Oliy Majlis deputati YeOIIga a’zo bo‘lish tarafdorlari taqdim qilgan chalg‘ituvchi raqamlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют