» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay sog‘aydi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay sog‘aydi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari 2-aprel kuni butunlay tuzaldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sog‘ayib chiqdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatdi.

Koronavirus infeksiyasidan tuzalgan fuqarolarning 1 nafari 13-mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reysda, yana 1 nafari esa 18-mart kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan O‘zbekistonga kelgan.

Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 25 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют