» » Yangi rekord: Xiaomi 144 pikselli kameraga ega smartfon yaratadi

Yangi rekord: Xiaomi 144 pikselli kameraga ega smartfon yaratadi


Xiaomi’ning navbatdagi flagmanlaridan biriga rekord darajadagi — 144 megapikselli kamera o‘rnatiladi. Bu haqda insayder Sudxanshu Ambxorega tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Qurilma haqida hozircha aniq ma’lumotlar mavjud emas. Blogerning taxminlariga ko‘ra, innovatsion kameraga ega gadjetga Xiaomi Mi 10S Pro yoki Xiaomi Mi CC10 Pro flagmanlaridan biri aylanishi mumkin. Yangi avlod mobil kameralari ustida kim ish olib borayotganiga ham aniqlik kiritilmagan.

2019-yilda Xiaomi 108 megapikselli kameraga ega smartfon — Xiaomi Mi CC9 Pro’ni taqdim etgan ilk kompaniyaga aylangan edi. Ushbu model jahon bozorida Mi Note 10 nomi ostida sotuvga chiqqan. Qurilmaga Samsung ISOCELL Bright HMX datchigi o‘rnatilgan. Bir necha kun oldin kompaniya ushbu gadjet 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamagani uchun uning savdosini to‘xtatdi.

Mavzuga doir: Xiaomi hammayog‘i ekrandan iborat smartfonni namoyish etdi. Uning puliga to‘rtta iPhone beradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют