» » Samarqandda tuman hokimligi tomonidan ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi

Samarqandda tuman hokimligi tomonidan ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman hokimligi tomonidan 588 ta sharoiti og‘ir xonadonga un, yog‘, guruch hamda makaron mahsulotlari tarqatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

“Koronavirus pandemiyasining kirib kelishi ortidan e’lon qilingan karantin holati boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalar, nogiron va bemorlarni o‘ylantirib qo‘ydi. Shu sababli tuman hokimligining ishchi guruhi mahallalar kesimida ana shunday oilalar ro‘yxatini shakllantirdi. Bugun 588 ta muhtoj oilaga tuman hokimligi tomonidan 30 tonna un, 2940 litr yog‘, 3 tonnaga yaqin guruch hamda makaron mahsulotlari tarqatildi”, — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Sonniboyev.

Ta’kidlanishicha, viloyatda kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tashabbusi Toshkent shahar Chuqursoy bojxona omboridan Rossiyadan import qilingan jami 35 tonna kartoshka olib kelingan. Viloyatning kartoshkaga ehtiyoji katta bo‘lgan Urgut tumaniga 6,5, Ishtixon tumaniga 4,5, Narpay tumaniga 3,5, Oqdaryo tumaniga 3,7, Payariq tumaniga 1,6, Bulung‘ur tumaniga 1,5  hamda Samarqand shahridagi bozorlarga 5,5 tonna kartoshka yetkazib berilgan.

Shuningdek, viloyat don korxonalari tomonidan barcha dehqon bozorlarida mahalliy un mahsulotlarini birja narxlarida sotish tashkil qilinib, har bir bozorda kuniga 2-3 tonnadan un sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, viloyatning Narpay tumanida ham aholiga 10 tonna un va 4,5 ming dona qolipli non bepul tarqatilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют