» » BMT koronavirus sababli arab mamlakatlarida 8,3 mln kishi kambag‘alga aylanishini ma’lum qildi

BMT koronavirus sababli arab mamlakatlarida 8,3 mln kishi kambag‘alga aylanishini ma’lum qildi


Koronavirus pandemiyasi oqibatida arab mamlakatlarida 2020-yilda 8,3 million kishi kambag‘alga aylanadi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Tashkilotning hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘yib ovqat yeya olmaydiganlar soni ikki million kishiga ko‘payishi mumkin.

BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi G‘arbiy Osiyo uchun ijrochi kotibi Rola Dashtining ma’lum qilishicha, inqirozning oqibatlari aholining yordamga muhtoj qatlami uchun jiddiy bo‘ladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, xavf guruhiga ayollar va yoshlar, shuningdek, ijtimoiy himoya va ishsizlik bo‘yicha sug‘urtadan foydalana olmaydiganlar kiradi.

Tashkilotning qayd etishicha, ayni paytda arab mamlakatlari mintaqasida 101,4 million kishi kambag‘al hisoblanadi, yana taxminan 52 million kishi to‘yib ovqat yemaydi.

BMT koronavirusdan jabr ko‘rayotgan arab mamlakatlari nomini ma’lum qilmagan. Arab dunyosiga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika mamlakatlari, Falastin, shuningdek, Sharqiy Afrika davlatlari (Komor orollari, Somali, Jibuti) kiradi.

Avvalroq BMT koronavirus tufayli dunyoning barcha mamlakatlarini migrantlar va qochqinlarni ozod etishga chaqirgan edi. Tashkilot bosh kotibi koronavirusga qarshi kurashish uchun jahon YaIMining 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif etgan edi.

8.3 million people in the #Arab region will fall into poverty in 2020 due to #COVID19, according to a policy brief issued #today by #ESCWA. To help those affected, @EscwaES calls on #Arab Governments to establish a regional social solidarity fund.
More ???? https://t.co/0t3TakDjOd pic.twitter.com/5nZcDwrhhB

— ESCWA (@UNESCWA) April 1, 2020



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют