» » Karantin sababli AQShda spirtli ichimliklar savdosi bir haftada 55 foizga oshdi

Karantin sababli AQShda spirtli ichimliklar savdosi bir haftada 55 foizga oshdi


AQShda mart oyining uchinchi haftasida spirtli ichimliklar savdosi 55 foizga oshdi. Bu haqda Nielsen tadqiqotlar kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozmoqda Newsweek.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sababli odamlarning uyda qolishi zarurligi va shu sharoitda turli mahsulotlarning ommaviy ravishda xarid qilinishi savdolarning oshishiga olib kelgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davrda eng yuqori o‘sish o‘tkir spirtli ichimliklar hissasiga to‘g‘ri kelgan, ularning savdosi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 foizga oshgan. Tayyor kokteyllar xaridida esa 106 foizlik o‘sish kuzatilgan. Bundan tashqari vinoning savdosi 66 foizga, pivoning savdosi esa 42 foizga o‘sgan. Shuningdek, spirtli ichimliklarning onlayn savdosida 243 foiz o‘sish kuzatilgan.

Avvalroq AQSh davlat departamenti amerikaliklarni hojatxona qog‘ozlarini yoppasiga sotib olmaslikka chaqirgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni oldinda kutayotgan juda og‘ir ikki hafta haqida ogohlantirgan, koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют