» » Samarqandda 14 kunlik karantin muddatini o‘tagan 434 nafar fuqaro uyiga kuzatildi (foto)

Samarqandda 14 kunlik karantin muddatini o‘tagan 434 nafar fuqaro uyiga kuzatildi (foto)


Samarqand viloyatida 14 kunlik karantin muddatini o‘tagan 434 nafar fuqaro yashash uyiga kuzatildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 18-mart kuni Rossiyadan kelgan 434 nafar fuqarning 292 nafari Samarqand tumanidagi “Do‘stlik” oromgohiga, 142 nafari esa Samarqand temiryo‘llari kollejiga joylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, 2-aprel, payshanba kuni, uyiga jo‘natilgan 434 nafar fuqaroning barchasidan olingan test natijalari manfiy javobni ko‘rsatgan.

Endilikda ular o‘z uylarida ma’lum muddat shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, karantin muddati tugagan fuqarolar laboratoriya test sinovlaridan qayta o‘tkazilgan. Tekshiruv va tahlillar natijalariga ko‘ra, ularning birortasida kasallik alomatlari aniqlanmagan.

Samarqand viloyat hokimligi, viloyat IIB, FVB hamkorligida fuqarolarni yashash manzillariga eltib qo‘yish uchun maxsus avtobuslar tashkil qilingan.

Fuqarolar hududlar kesimida avtobuslarga joylashtirilib, IIB nazorati ostida uylariga kuzatildi.

“Hozirgi vaqtda mamlakatimizda COVID-19 koronavirusi kasalligining keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida karantin e’lon qilingan. Mazkur vaziyatda davlat idoralarining asosiy vazifalaridan biri aholi o‘rtasida sarosimaga yo‘l qo‘ymaslik va qisqa muddat ichida mazkur infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashishdir”, — deydi viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Hotamov. — “Samarqand viloyatida tashkil etilgan blokpostlarda ichki ishlar organlarining jinoyat qidiruv, yo‘l harakati xavfsizligi, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, patrul-post xizmati xodimlari hamda Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismlarning askar va ofitserlari, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi vakillari nazorat uchun jalb etilgan”.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 4501 nafar fuqaro nazoratga olingan bo‘lib, viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan. Viloyatda epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют