» » Mirjalol Qosimov koronavirusga qarshi kurash uchun 75 mln so‘m xayriya qildi

Mirjalol Qosimov koronavirusga qarshi kurash uchun 75 mln so‘m xayriya qildi


OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Mutaxassis mamlakatda koronavirusga qarshi kurash va muhtojlarga yordam ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 75 million so‘m miqdorida pul mablag‘i o‘tkazib berdi. Bu haqda olmaliqliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Aka-uka Ahmedovlar karantin vaqtida Namangandagi muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatdi (foto)

Eslatib o‘tamiz, Qosimov yanvar oyida 20-Tolariq saylov okrugidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylangandi.

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachi Otabek Shukurov 100 million so‘m miqdorida xayriya qilgani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют