» » Oliy sudda “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Oliy sudda “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish — sud-huquq islohotlarining ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.

Tadbir Oliy sud, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil qilindi.

Davra suhbati ishida xorijiy ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qatorda Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Sud departamenti, Advokatlar palatasi mutaxasislari hamda huquq sohasidagi olimlar va tadqiqodchilar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi ish rejasi asosida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatining funksional tahlili natijalariga alohida urg‘u berdi. Ushbu hujjat metodologiyasi va yakuniy hisobotini tayyorlashga serbiyalik xalqaro konsultant jalb qilinganini qayd etildi.

Davra suhbatida so‘z olganlar mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlarning chinakam mustaqilligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Sud hokimiyati tarmog‘ini isloh qilish va liberallashtirish Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют