» » Futbol bo‘yicha Belgiya chempionati koronavirus sabab butkul to‘xtatiladi va chempion e’lon qilinadi

Futbol bo‘yicha Belgiya chempionati koronavirus sabab butkul to‘xtatiladi va chempion e’lon qilinadi


Futbol bo‘yicha Belgiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi oxirigacha davom ettirilmaydi, deb xabar bermoqda HLN.

Koronavirus pandemiyasi sabab Belgiyada chempionat davom ettirilmaydi va chempion sifatida “Bryugge” jamoasi e’lon qilinadi. Ikkinchi o‘rin sohibi sifatida “Gent” tan olingan holda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani “Sharlerua” klubi qo‘lga kiritadi. “Antverpen” hamda “Standard” klublari esa Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun saralash bosqichida ishtirok etadi.

Ushbu qaror liga rahbariyati tomonidan ma’qullangan. Bu haqidagi rasmiy xabar esa bosh assambleyadan so‘ng e’lon qilinishi (15-aprel) ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari Belgiya Kubogi hamda 2 Liga musobaqasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun maxsus ishchi guruh yig‘iladi.

Ma’lumot uchun, Belgiya Pro Ligasida 16 ta jamoa bor. Ular dastlab uyda va safarda bir-biriga qarshi bahs o‘tkazadi. Dastlabki 6 ta o‘rinni band etgan jamoalar esa ikkinchi bosqichda chempionlik hamda yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada koronavirus sabab deyarli barcha mamlakatlar futbol va boshqa musobaqalarni to‘xtatdi. Faqatgina Belarusda milliy chempionat bahslari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir: UEFA o‘z tasarrufidagi barcha musobaqalarni noma’lum muddatga qoldirdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют