» » Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishuv haqida yozgan tvitidan keyin neft narxi 35 dollarga chiqdi

Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishuv haqida yozgan tvitidan keyin neft narxi 35 dollarga chiqdi


AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’da qilgan bayonotidan keyin Brent neftining narxi birdaniga 9 dollarga oshdi. Tramp o‘z tvitida Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasiga tayanib, Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan. Bu haqda The Bell xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ICE birjasida Brent neftining narxi bir barrel uchun 9 dollarga qimmatlashgan va 26 dollardan 35 dollarga ko‘tarilgan. Bu Donald Tramp Saudiya Arabistoni shahzodasi bilan gaplashgani haqida xabar berganidan keyin yuz bergan. Biroq keyinroq neft narxi pasaygan va 30,5 dollarga tushgan.

“Men hozirgina do‘stim, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan gaplashdim. U Rossiya prezidenti Putin bilan muloqot qilgan. Men kutyapman va umid qilamanki, ular neft qazib olishni 10 million barrelga qisqartiradi, balki ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Agar bu yuz bersa, bu neft sanoati uchun ajoyib bo‘ladi”, — deb yozgan Donald Tramp o‘z tvitida.

Just spoke to my friend MBS (Crown Prince) of Saudi Arabia, who spoke with President Putin of Russia, & I expect & hope that they will be cutting back approximately 10 Million Barrels, and maybe substantially more which, if it happens, will be GREAT for the oil & gas industry!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) April 2, 2020

Trampning tvitidan 15 daqiqa o‘tgach, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning bin Salmon bilan gaplashgani haqidagi Trampning xabarini rad etgan.

Tramp keyingi tvitida neft qazib olish qisqarishi 15 million barrelga yetishi mumkinligini yozgan.

.....Could be as high as 15 Million Barrels. Good (GREAT) news for everyone!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) April 2, 2020

Avvalroq Putin va Tramp telefon orqali koronavirus pandemiyasi hamda neft narxlarini muhokama qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют