» » “Real”ning afsonaviy himoyachisi Benito vafot etdi

“Real”ning afsonaviy himoyachisi Benito vafot etdi


Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Gregorio “Goyo” Benito 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda madridliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Real” oilasi bu yo‘qotishdan chuqur qayg‘uga botdi. Biz uni klub tarixidagi buyuk himoyachilardan biri sifatida yodda saqlab qolamiz”, — deyiladi “Real” bayonotida.

Ta’kidlanishicha Goyo Benito so‘nggi o‘n yil mobaynida xastalik bilan kurashib kelgan.

Ispaniyalik futbolchi “qaymoqranglilar” safida 13 mavsum o‘tkazib (1968—1982-yillar), 420 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bu vaqt ichida Benito 6 bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan va besh marta mamlakat Kubogida zafar quchgan. Faoliyatining boshida ikki yil “Rayo Valyekano”da ijara asosida to‘p surgan futbolchi keyinchalik faqat “Real”da harakat qilgan.

Shuningdek, Benito Ispaniya terma jamoasi safida 22 ta o‘yin o‘tkazgan.

Official Announcement: Goyo Benito passes away.#RealMadrid

— Real Madrid C.F. ???????????????? (@realmadriden) April 2, 2020

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют