» » AQSh Xitoy tomonidan koronavirusga oid taqdim etilayotgan ma’lumotlarni tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi

AQSh Xitoy tomonidan koronavirusga oid taqdim etilayotgan ma’lumotlarni tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi


AQSh koronavirus tarqalishi haqida Xitoy tomonidan taqdim etilgan raqamlar qanchalik aniqlikka ega ekanligini tasdiqlay olmaydi. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayenga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Pekin statistikani kamaytirib ko‘rsatyaptimi degan savolga maslahatchi quyidagicha javob qaytargan: “Xitoydagi raqamlarni tasdiqlay olmaymiz. Bunday imkoniyatimiz yo‘q”.

Avvalroq Bloomberg agentligi ismi oshkor qilinmagan manbasiga tayanib, Xitoy kasallar sonini kamaytirib ko‘rsatayotgani haqida xabar bergandi.

“Biz rostdan ham bilmaymiz”, — deydi matbuot anjumanida ishtirok etgan AQSh prezidenti Donald Tramp.

“Ular tomonidan taqdim etilayotgan raqamlar biz guvoh bo‘lgan va e’lon qilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaganda, yumshoqroq aytadigan bo‘lsak, biroz kamaytirilgandek”, — deydi Tramp.

Uning ta’kidlashicha, AQSh va Xitoy muntazam aloqada bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, AQShda ayni vaqtda koronavirus bilan kasallanganlar soni 216 ming kishidan oshib ketdi. Pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy esa o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatdi, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bo‘yicha umumiy hisobda 806 ta holat qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют