» » “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida dizel yonilg‘isi narxi arzonlashdi

“O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida dizel yonilg‘isi narxi arzonlashdi


O‘zbekistonda 3-apreldan boshlab dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJning UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida dizel yonilg‘isining narxi 1-martdan boshlab 200 so‘mga kamaytirilgan edi. Bir oy vaqt davomida uning narxi 500 so‘mga pasaydi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg‘isi narxidan 11,5 foizga arzon. “Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot tannarxini muntazam o‘rganamiz va tahlil qilamiz”, — degan “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli UNG Petro direktori Mirzohid Musayev.

Xabarda “O‘zbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etishi ta’kidlangan.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” 26-martdan boshlab Ai-92 markali benzinning narxini 6200 so‘mdan 6000 so‘mga kamaytirgandi.

Mavzuga doir:

Toshkent shahar hokimligi benzin narxi oshmasligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют