» » Amerikada noyob limuzin-samolyot kimoshdiga qo‘yildi (foto+video)

Amerikada noyob limuzin-samolyot kimoshdiga qo‘yildi (foto+video)


Mecum Auctions auksion uyi o‘z turida yagona bo‘lgan — avtomobil g‘ildiraklariga ega V8 benzin dvigatelli Limo-Jet’ni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Mazkur mashina uchmaydi, biroq uning egasi ko‘chalar bo‘ylab bemalol harakatlanishi mumkin.

13 metrli avtomobilni samolyot ko‘rinishiga keltirish uchun 12 yil vaqt sarflangan. Mashinaga 400 ot kuchiga ega 8,1 litrli GM motori hamda 28 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Salon ichidan 42 dyuymli display, charm o‘rindiqlar, 17 kilovattli akustik tizim o‘rin olgan. Yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish yig‘ma trap yordamida amalga oshiriladi.

Limuzin-samolyot jamlanmasiga uni tashishga mo‘ljallagan tirkamali Chevrolet 2500 HD pikapi ham qo‘shib beriladi. Umuman olganda Limo-Jet yo‘llarda bemalol harakatlana oladi — u kerakli barcha hujjat va sertifikatlarga ega.

Hozirda limuzin Frenk De Anjelo va Mixail Kashevatskiy tomonidan asos solingan Jettersetter Inc. kompaniyasiga tegishli. 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan savdolar vaqtida limuzinning boshlang‘ich narxi 5 million dollarni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют