» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 205 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 205 kishiga yetdi


Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 15 taga oshib, 205 nafarga yetdi.

Avvalroq mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 190 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Toshkentda davolanayotgan 90 bemordan 23 nafarida pnevmoniya kuzatilayotganini, besh nafar bemorning ahvoli og‘irligini, ulardan ikki nafarining ahvoli esa nisbatan og‘irroq deb baholanayotganini ma’lum qilgan edi.

2-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingan 25 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik qiz: “Bizga shunchalik mehr berib qarashgani uchun rahmat. Rosa xursandman”

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12-mart kuni Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindoshi qatnashmagani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, koronavirusning ikkinchi qurboni — Toshkentda vafot etgan 39 yoshli shifokor kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringani, infeksiya undan qashqadaryolik 14 yoshli jiyaniga yuqqani, bola viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani, uning ahvoli o‘rta og‘irlikda ekani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik yigit: “Ichkarida qolib shu kasallikka qarshi kurashayotgan hammaga katta rahmat”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют