» » United Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot bortida yo‘lovchilardan birini chayon chaqib oldi

United Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot bortida yo‘lovchilardan birini chayon chaqib oldi


Xyustondan (AQSh, Texas shtati) Kalgari shahriga (Kanada, Alberta provinsiyasi) parvoz qilgan Amerikaning United Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortida yo‘lovchilardan birini chayon chaqib oldi. Bu haqda 13-aprel, payshanba kuni CNN telekanali xabar berdi.

Tushlik paytida biznes-klass yo‘lovchisi Rijard Bell yuk qo‘yiladigan tokchadan boshiga nimadir tushganini sezgan. Shunda u sochiga tushgan narsani qoqqan va uning qo‘lini chaqib olgan chayon yig‘ma stol ustiga tushganiga ko‘zi tushgan. Buni ko‘rgan yonidagi yo‘lovchi xavfni oldini olish maqsadida unga allergiyaga qarshi dori bergan.

Styuardlar bo‘g‘imoyoqlini ushlashga muvaffaq bo‘lgan va hojatxonaga tashlab yuborgan. Ular darhol zarur ko‘rsatmalarni bergan va bu noxush hodisa hayot uchun xavfli emasligiga ishontirgan yerdagi shifokor bilan bog‘langan.

Chayon qanday qilib samolyot bortiga chiqib qolgani noma’lum. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, samolyot bu reysga qadar Kosta-Rikadan uchib kelgan. Aviakompaniya keyinroq yo‘lovchidan uzr so‘radi va bo‘lib o‘tgan voqea uchun tovon puli taklif qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют