» » Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat ko‘rsatgan chilimxona borligi ma’lum bo‘ldi

Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat ko‘rsatgan chilimxona borligi ma’lum bo‘ldi


Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat yuritgan chilimxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari shaharda karantin tartib-qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tungi “reyd” o‘tkazgan. “Reyd”da kechki soat 00:20 da shahardagi Somiy ko‘chasida joylashgan chilimxona mijozlarga xizmat ko‘rsatib, faoliyatini davom ettirayotgani aniqlangan.

Yashirin tarzda mijozlarga xizmat qilayotgan chilimxona faoliyati fosh bo‘lgach, chilimxona egalari bir soatga yaqin vaqt davomida eshikni ochishdan bosh tortgan. Talablarga bo‘ysunmagan.

Tadbir davomida ichkariga kirilgandan so‘ng, chilimxona egasi va ish yurituvchi ichki ishlar xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Tekshiruv davomida chilimxonada 12 nafar mijoz borligi, ularning orasida bir nafar voyaga yetmagan shaxs borligi ham ma’lum bo‘lgan.

Barcha shaxslar IIB ga olib kelinib, karantin qoidalariga amal qilish, ko‘cha va jamoat joylarida niqobsiz yurmaslik haqida rasman ogohlantirilgan.

Chilimxona rahbari Z.B.ga nisbatan esa karantin qoidalarini buzganligi, shuningdek, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ta’kidlash joiz, ushbu modda bilan ayblangan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha jarima solinishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют