» » AQShda bir sutka ichida mingdan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etdi

AQShda bir sutka ichida mingdan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etdi


AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 5926 kishiga yetdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jon Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Frans Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1169 kishi koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus tarqalganidan buyon qayd etilgan eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichidir. Bundan oldingi “rekord” Italiyaga tegishli edi. Mamlakatda 27-mart kuni 969 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: AQShda har kuni 100 mingdan ortiq odam koronavirusga test topshirmoqda

Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olingan holatlar soni bir milliondan oshdi, 210 mingdan ortiq bemor sog‘ayib ulgurgan, 51,3 ming kishi esa koronavirusdan vafot etgan. O‘zbekistonda esa 205 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 25 nafari sog‘aygan, ikki nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют